qabul hujjat OTM abituriyent attestat.uzedu.uz | Prep.uz
TAS-IX
Bu yilgi maktab bitiruvchilari OTM ga hujjat topshirayotganlarida attestatni taqdim etish shart bo‘lmaydi

Bu yilgi maktab bitiruvchilari OTM ga hujjat topshirayotganlarida attestatni taqdim etish shart bo‘lmaydi

Omina Sharipova 12-06-2020

Maktablar attestatlarning elektron (skaner) shaklini bitiruvchiga 15-iyunga qadar bepul yetkazadi.

  • 622
  • 0

Ayni kunlarda attestat.uzedu.uz bazasida bitiruvchilarning baholari onlayn kiritilmoqda.

Maktablar attestatlarning elektron (skaner) shaklini bitiruvchiga (ota-onasi yoki o‘rnini bosuvchi shaxs) telegram messenjeri, elektron pochtasi yoki boshqa aloqa vositalari yordamida 15-iyunga qadar bepul yetkazadi.

Joriy yildagi bitiruvchilar haqidagi maʼlumotlar va ularning attestatlari elektron tizim orqali Davlat test markazining qabul bo‘yicha elektron tizimiga integratsiya qilinmoqda.

Oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirish jarayonini muvofiqlashtirish uchun attestat.uzedu.uz bazasida bu yilgi 11-sinf bitiruvchilarining attestatlari jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqamiga (PINFL) integratsiya qilingan.

Buning natijasida, bitiruvchilar hujjatlarni qabul komissiyasiga taqdim etayotganida attestatni taqdim etish shart bo‘lmaydi. Davlat test markazi baza orqali maktab bitiruvchisining attestati bo‘yicha maʼlumotlarni olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bu yil pandemiya holatini inobatga olib, attestat va shahodatnomalarning asl nusxalari maktabda saqlanadi. Karantin sharoiti yumshatilganidan so‘ng bitiruvchilarga asl nusxalari belgilangan tartibda beriladi. Shu o‘rinda, abituriyentga attestat va shahodatnomalarning asl nusxalari zarur bo‘lsa, istisno tariqasida berilishi mumkin. Lekin bu jarayon karantin talablarini buzmasligi kerak.

 

Fikrlar