O‘zbekiston Milliy universiteti Samarqand davlat universiteti Urganch davlat universiteti muhandis-matematik | Prep.uz
TAS-IX
Yangi o‘quv yilidan O‘zMU, SamDU va UrDUda matematik injiniring taʼlim yo‘nalishida kadrlar tayyorlanadi

Yangi o‘quv yilidan O‘zMU, SamDU va UrDUda matematik injiniring taʼlim yo‘nalishida kadrlar tayyorlanadi

Omina Sharipova 13-06-2020

  • 83
  • 0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi PQ-4708-son (https://lex.uz/docs/4807552)qarori vazifalari yuzasidan respublika sanoat ishlab chiqarish korxonalarining texnik-texnologik masalalari yechimini matematik usullar va modellashtirish orqali hal etishga qodir bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlash maqsadida:

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab quyidagi universitetlarda "Matematik injiniring (ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha)" taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash boshlanadi:

👉 O‘zbekiston Milliy universiteti;

👉 Samarqand davlat universiteti;

👉 Urganch davlat universiteti.

Mazkur yo‘nalish bitiruvchilariga “muhandis-matematik” va "matematika-mexanika o‘qituvchisi" qo‘sh (dual) kvalifikatsiyalari beriladi.

Fikrlar