Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga kirish imtihonlari tarix chet tili | Prep.uz
TAS-IX
Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyda taʼlim olish istagida bo‘lgan yoshlar diqqatiga!

Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyda taʼlim olish istagida bo‘lgan yoshlar diqqatiga!

Omina Sharipova 13-06-2020

  • 559
  • 0

📌 2020/2021-o‘quv yili uchun 9-sinf bitiruvchilari hujjatlarini qabul qilish boshlanganligi maʼlum qilinadi (https://t.me/huquqiyaxborot/7362).

-         Hujjatlarni qabul qilish onlayn tartibda amalga oshiriladi.

-         Ushbu havola orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish mumkin: https://bit.ly/2AXaEDU

🔰 Ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi hujjatlar elektron shaklda taqdim etiladi:

• onlayn ariza;

• shaxsni tasdiqlovchi hujjat (tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport) nusxasi;

• 9-sinfni tamomlaganlik to‘g‘risida maʼlumotnoma;

• 3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi rangli fotosurat;

• tanlovdan tashqari o‘qishga imtiyozli kirish huquqiga ega bo‘lgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar, musobaqalar g‘oliblari asl nusxadagi diplom, sertifikat, guvohnoma yoki boshqa tasdiqlovchi hujjatlar.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish 2020-yil 30-iyunga (shu kuni ham) qadar davom etadi.

Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Labzak tor ko‘chasi, 10-uy.

Telefonlar: (71) 241-72-44, (71) 241-75-54.

Fikrlar