Inomjon MAJIDOV, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vaziri:
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar karantin, sanitariya-gigiyena talablariga qatʼiy rioya etilgan holda:
👉 test sinovlari bilan bir qatorda kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan taʼlim yo‘nalishlari uchun 11-iyuldan 20-iyulgacha;
👉 alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yo‘nalishlari uchun 25-iyuldan 10-avgustgacha o‘tkaziladi.
❗Karantin cheklovlari davom etgan taqdirda kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish muddatlariga o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
✅Kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari soddalashtirilgan tarzda tuziladi.
Bunda:
👉 bir abituriyentga imtihonda bir soatdan ortiq vaqt sarflamaslik;
👉 abituriyentning oliy taʼlim muassasasiga bir marta kelib ketishini taʼminlash inobatga olinadi.