Online video darslar, kurslar va testlar - PREP.UZ

Joriy yilda test sinovlari 2 ta fandan bo‘ladi

Omina Sharipova 04-06-2020

  • 491
  • 0

Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev boshchiligida o‘tgan brifingda maʼlum qilindi.

Unga ko‘ra, joriy yilda istisno ravishda 3 ta majburiy fanlardan (ona tili, O‘zbekiston tarixi va matematika) test bo‘lmaydi.

Faqat 2ta mutaxassislik fanidan test olinadi.

Shunda ballar quyidagicha belgilanadi:

1-blok - 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.2 ball beriladi, jami 96 ball to‘plash mumkin.

2-blok - 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.1 ball beriladi, jami 93 ball beriladi.

Joriy yil test sinovlarida xuddi o‘tgan yilgidek maksimal 189 ball to‘plash mumkin.

Test savollarini ishlash va javoblarni belgilash uchun jami 3 soat vaqt beriladi.

Fikrlar