Davlat test markazi O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali | Prep.uz
TAS-IX
Abituriyentlar DTM sayti va Yagona portal orqali hujjat topshirishlari rejalashtirilmoqda

Abituriyentlar DTM sayti va Yagona portal orqali hujjat topshirishlari rejalashtirilmoqda

Omina Sharipova 03-06-2020

Davlat test markazi o‘n kun muddatda o‘zining rasmiy veb-saytida abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish imkoniyati yaratiladi

  • 391
  • 0

Adliya vazirligi tomonidan shunga oid qaror loyihasi muhokama uchun eʼlon qilindi (https://regulation.gov.uz/uz/document/18412).

Loyihaga ko‘ra, abituriyentlar o‘tgan yili bo‘lgani kabi Davlat xizmatlari markazlari orqali hujjat topshirish tartibi bekor qilinib, uning o‘rniga DTM veb-sayti orqali onlayn hujjat topshirish imkonini yaratish taklif etilmoqda.

Taklif quyidagilardan iborat:

- O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi o‘n kun muddatda oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatini O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali joriy etilishini taʼminlansin;

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi o‘n kun muddatda o‘zining rasmiy veb-saytida abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish imkoniyati yaratilsin.

Fikrlar