imtixon test davlat test markazi ta'lim abituriyent test sinovlari | Prep.uz
TAS-IX
Kirish imtihonlarini o‘tkazish tartibi va muddatlari maʼlum qilindi

Kirish imtihonlarini o‘tkazish tartibi va muddatlari maʼlum qilindi

Omina Sharipova 08-08-2020

  • 442
  • 0

2020 yil 7 avgust kuni AOKAda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida joriy yilda oliy taʼlim muassasalariga qabulni tashkil qilish va 2020-2021-o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi.

Matbuot anjumanida Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, OO‘MTV bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Holiqov, DTM direktori o‘rinbosari Sardor Rajapov, DTM bosh boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Matbuot anjumanida masʼullar tomonidan 2020/2021 o‘quv yili uchun OTMlar bakalavriatiga kirish test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha muhim maʼlumotlar berildi. Jumladan,

👉 OTMlarga kirish test sinovlari shu yilning 2 sentyabrdan boshlab, 2 hafta davomida o‘tkaziladi;

👉 Joriy yil avgust oyida test sinovlari o‘tkaziladigan joylarni jihozlash (stol-stullar, tablolar qo‘yish, videokuzatuv o‘rnatish va h.k.) ishlari amalga oshiriladi;

👉 Test sinovlari ochiq stadionlarda, kuniga 2 smenada tashkil etiladi. Test sinovlarini o‘tkazish uchun respublikadagi 155ta stadion o‘rganib chiqilib, ulardan 40ga yaqini tanlab olingan;

👉 Ob-havo sharoitidan kelib chiqib, imtihonlar kunning qulay vaqtida o‘tkaziladi, zarur hollarda abituriyentlar soyabonlar bilan taʼminlanadi.

 

Fikrlar