Online video darslar, kurslar va testlar - PREP.UZ

Parij Xalqaro moda Akademiyasi (Fransiya) va Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining qo‘shma fakulteti tashkil etildi

Omina Sharipova 08-08-2020

  • 915
  • 0

Parij Xalqaro moda Akademiyasi (Fransiya) va Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining qo‘shma fakultetiga o‘qishga taklif etadi

Parij Xalqaro moda Akademiyasi (AICP) 1830 yilda tashkil topgan bo’lib, kiyim sanoatining barcha sohalarida xalqaro tajribaga ega.

Parij Xalqaro moda Akademiyasi fakulteti Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institute qoshida tashkil etildi. Fakultetda o’quv mashg’ulotlarini Parij Xalqaro moda Akademiyasining yetakchi mutaxassislari hamda Fransiyada malakasini oshirgan o’qituvchilar olib boradilar.

Fakultetda ta’lim olish jarayonida, talabalar amaliyot va malaka oshirishni Parij Xalqaro moda Akademiyasida o’tashlari ko’zda tutilgan.

Kirish imtixonlari to’g’risida ma’lumot

Bakalavriat (Tikuv buyumlari dizayni va konstuksiyalash)

Hujjatlarni qabul qilish uchun aicptachkent@gmail.com electron pochtasi orqali amalga oshiriladi;

Hujjat qabul qilish 2020 yil 20 iyundan 15 avgustgacha;

Ijodiy kirish imtixoni: 2020 yil 20 avgustda bo’lib o’tadi.

Hujjatlarni topshirishda mualliflik ishlarining portfoliosi (eskizlar, ishlarning fotosuratlari, tayyor buyumlar) ijodiy imtixon kuni taqdim etilishi lozim.

Mandat (Qabul) komissiyasining natijalari 2020 yil 21 avgustda e’lon qilinadi.

Magistratura (Kostyum dizayni va moda industriyasini boshqarish)

Hujjatlarni qabul qilish uchun aicptachkent@gmail.com electron pochtasi orqali amalga oshiriladi.

Hujjat qabul qilish 2020 yil 20 iyundan 20 avgustgacha;

Kirish imtixoni: 2020 yil 25 avgustgacha bo’lib o’tadi.

Kirish imtixonida test topshiriladi. Hujjatlarni topshirishda mualliflik ishlarining portfoliosi (eskizlar, ishlarning fotosuratlari, tayyor buyumlar) taqdim etilishi lozim.

Mandat (Qabul) komissiyasining natijalari 2020 yil 26 avgustda e’lon qilinadi.

Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti

Toshkent shahar, 100100

Yakkasaroy tumani, Shoxjaxon ko’chasi 5.

Telefon: (99871) 253-06-06, Fax: (99871) 253-36-17

(99897) 719-45-64 Nozima Mo’mindjanovna, Internet sayt: www.titli.uz

Manba: @uzabt telegram kanali

Fikrlar