Online video darslar, kurslar va testlar - PREP.UZ

O‘zbekistondagi birinchi AQSH oliy taʼlim muassasasi - Vebster universiteti magistratura taʼlim dasturlariga qabul jarayoni davom etmoqda

Omina Sharipova 21-07-2020

  • 6127
  • 2

·        Master of Business Administration (MBA) (http://www.webster.edu/uzbekistan/mba.html)- Biznes boshqaruvi magistri: dastur davomiyligi ikki yil bo‘lib, biznes va tadbirkorlik sohasi mutaxassislari uchun mo‘ljallangan;

·        Master of Arts in Teaching English as a Second Language (MA TESL (http://www.webster.edu/uzbekistan/matesl.html)) - Ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘rgatish magistri: dastur intensiv bo‘lib, bir yil davom etadi va barcha darajadagi ingliz tili o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan.

Vebster universitetida o‘qishning afzalliklari:

·        Talabalar AQSH diplomiga ega bo‘lishadi;

·        Magistraturada o‘qish moslashuvchan va qulay jadval asosida olib boriladi;

·        O‘quv dasturlari maʼlum bir martaba maqsadlariga qaratilgan: bizning talabalarimiz martaba pog‘onasiga ko‘tarilish, o‘z biznesini ochish yoki o‘z sohalarida yana-da yaxshilanish uchun o‘z kasbiy malakalarini oshiradilar.

Hujjatlarni 1 avgustgacha onlayn ravishda topshirishga shoshiling. Topshirish uchun sizga faqat uchta hujjat kerak bo‘ladi: ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (1), bakalavr diplomi va baholar ilovasi (2), pasportingiz nusxasi (3).

Batafsil maʼlumot: webster.edu/Uzbekistan (http://www.webster.edu/uzbekistan/)

Telegram kanal: @websteruniversitytashkent

 

Fikrlar