Harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va yuksak natijalarga erishgan harbiy xizmatchilarga beriladi.

Tavsiyanomaga ega bo‘lgan fuqarolar quyidagi imtiyozlarga ega bo‘ladi:
1. Oliy ta’lim muassasalariga (harbiy ta’lim muassasalari bundan mustasno) kiruvchilar uchun qabul parametrlaridan tashqari qo‘shimcha ravishda alohida qabul ko‘rsatkichlari belgilanadi.
Alohida qabul ko‘rsatkichlari har bir oliy ta’lim muassasasining har bir ta’lim shakli (kunduzgi, kechki, sirtqi) bo‘yicha belgilanadi.
Tavsiyanomaga ega abituriyentlar alohida qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etib, oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Alohida qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etib o‘qishga kira olmagan abituriyentlar, umumiy tanlovda ishtirok etib o‘qishga kirishi mumkin bo‘ladi.
2. Oliy harbiy ta’lim muassasalari uchun esa abituriyentlarga to‘plagan ballarining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball beriladi (misol uchun, abituriyent test sinovida 120 ball to‘plasa, unga 60 ball qo‘shib beriladi).

Tavsiyanomaning amal qilish muddati uch yil.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 31-maydagi PQ-1765-son qarori.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-avgustdagi 681-son qarori bilan tasdiqlangan nizom.
Manba Davlat test markazi
Amerikalik yozuvchi Rey Bredberi «Men kutubxonada va mutlaqo bepul ta’lim olganman» deb yozgan edi. Bugunga kelib esa o‘qish jarayonlari takomillashib turli internet resurslar hamda onlayn kurslar tobora ommalashmoqda.
IELTS testining 2 turi mavjud: Umumiy (IELTS General Training Module) va Akademik (IELTS Academic Module). Umumiy testni o‘rta yoki o‘rta maxsus ta‘lim yo‘nalishlaridagi o‘quv yurtlariga kirishni xohlovchilar topshirishadi.
Imtihon sertifikati AQSH, Kanada, Avstraliya, Yevropa va Osiyo oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirishda talab qilinadi. Testning PBT – papper-based test (qog‘oz), CBT – computer-based test (kompyuter) va iBT – internet-based test (internet) variantlari bor. Hozirda bu imtihon deyarli butun dunyo bo‘yicha internetda – onlayn o‘tkaziladi.
Hozirda bepul elektron kitoblarni topish qiyin. Ba’zi bepul elektron kitoblarning esa, sifati yuqori darajada emas. Siz ushbu maqolani o’qiganingizdan so’ng sifati a’lo darajadagi adabiyotlardan bepul foydalanish imkoniyati mavjud. Prep.uz ana shunday yettita manbani yig'di va sizlarga taqdim etadi.
Bolalarni kitob o'qishga majburlab bo’lmaydi. Ularni undashi mumkin bo'lgan yagona narsa yoshi kattalarga taqliddir. Bir yilda 100 ta kitob o'qish va uni tugatishni maqsad qilib qo'ying. Qanday qilib?
Bugungi kunda dunyoda taxminan 1,5 milliard kishi ingliz tilida gaplashadi.
IELTS yoki Xalqaro Ingliz Tili Tizimi imtihoni nima va nega uni topshiradi?
«Инсон миясини фақат 10 фоизини ишлата олади», – деган афсона хатолиги аллақачон айтилган бўлсада, омма орасида ҳалигача машҳур. Нима эмиш одам миясини 100 ишлатса, ғайриоддий ишларни, масалан, уча олишни эплармиш.
🏢 Статистика агентлиги маълумотларига кўра, 2023-йилнинг 1-январ ҳолатига Тошкент шаҳридаги мактабларда 499 417 нафар ўқувчи таҳсил олмоқда.
Мотивация уйғотиш йўлида бериладиган мукофотлар қалбаки ва ёлғон, хамда нимадур қилишда ягона йўл бу ташқи мотивацияларни кутмасдан харакатни бошлаш эканлигини энди билганизда, сизларга ўзингизда мотивация уйғотиш ва кучли иродани шакллантириш учун илмий услублар хақида сирлари билан бўлишамиз.
#Marketolog – bu bozor bo‘yicha mutaxassis. Lekin savdogarlar turli buyumlar bilan savdo qiladigan yirik maydon bo‘yicha emas. Marketolog – mohiyatga ko‘ra – bozor makonida kechadigan jarayonlarni kuzatuvchi.
BMT prognozlariga ko‘ra 2050 yilga borib kasblarining 75 foizi STEM fanlariga aloqador bo‘lishi kutilmoqda. Aynan mana shu tizim asosida ta’lim olish orqali o‘quvchilar kelajak muammolariga yechim topa oladigan, yangi kashfiyotlar qila oladigan kadrlarga aylanishiga ishonilmoqda.
Mehnat bozori doimo o'zgarib turadi va 5 yil oldin talab qilinadigan kasblar bugungi kunda keraksiz va kam maoshli bo'lib chiqishi mumkin. Kelajakda turli yo'nalishlarda qanday tendentsiyalar kutayotgani va qanday oliy ta'lim sizga raqobatdosh ustunlik berishini aytib beramiz. Maqola nafaqat o'rta maktab o'quvchilari va kelajakdagi talabalar uchun, balki o'z vakolatlarini yangilashni xohlaydigan mutaxassislar uchun ham foydali bo'ladi.
https://prep.uz/lending?utm_source=target&utm_medium=cpc&utm_campaign=chek_list#students