Online video darslar, kurslar va testlar - PREP.UZ

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tashkil etildi

Omina Sharipova 16-04-2020

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti negizida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tashkil etildi.

  • 435
  • 0

"Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Prezident qarori e'lon qilindi.

Qaror bilan Toshkent davlat sharqshunoslik instituti negizida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tashkil etildi.

 2020/2021 o'quv yilidan boshlab,

-Universitetga talabalarning bilimini baholash hamda o'quv jarayonining amaliyot bilan integratsiyalashuvini ta'minlash tizimini ishlab chiqish va tasdiqlash huquqi beriladi;

-ta'lim jarayoni bosqichma-bosqich kredit-modul tizimi asosida amalga oshiriladi;

-xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etiladigan qo'shma ta'lim dasturlarining o'quv rejalari va fan dasturlari Universitet tomonidan xorijiy hamkorlar bilan kelishilgan holda mustaqil tasdiqlanadi;

-Universitetda sharq tillari o'qitiladigan ta'lim muassasalari o'qituvchilari uchun doimiy faoliyat yurituvchi qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tashkil etiladi hamda kurslardan muvaffaqiyatli o'tgan pedagog kadrlarga belgilangan namunadagi sertifikat beriladi;

-Universitetga o'qishga qabul qilishda sharq tillaridan (turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg'ur, yapon tillari) topshiriladigan ko'p balli tizim bo'yicha imtihonlar o'rniga test sinovlari o'tkaziladi;

 -ushbu tajriba boshqa tillar (ispan, italyan, tojik, qozoq, turkman, qirg'iz tillari va boshqalar) bo'yicha respublikadagi barcha davlat oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilishda joriy etiladi.

Fikrlar