Online video darslar, kurslar va testlar - PREP.UZ

Toshkentdagi Amiti Universitetida qabul boshlandi

Omina Sharipova 31-03-2020

Toshkent shaxridagi Amiti Universitetida bakalavriat va magistraturaga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boshlandi.

  • 796
  • 3

 

Toshkent shaxridagi Amiti Universitetida bakalavriat va magistraturaga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish  boshlandi.

Hujjatlarni topshirish onlayn shaklda amalga oshiriladi.

Buning uchun birinchi navbatda, anketani onlayn ravishda to’ldirilib, hujjatlarni universitetning veb-saytiga joylashtirish kerak.

Ikkinchi navbatda, kerakli hujjatlarni tayyorlash:

  • ·         3,5 x 4,5 hajmdagi fotosurat (fotorasm yaqinda olingan bo’lishi kerak);
  • ·         Pasportingiz nusxasi;
  • ·         IELTS sertifikatining nusxasi;
  • ·  O’rta maktab, akademik litsey, kasb-hunar kollejida o'qiganligi to'g'risida ma'lumotnoma, diplom yoki o'qish to'g'risidagi hujjat nusxasi.

       
Izoh: Agar abiturient hujjatlarini topshirish vaqtida o’qiyotgan bo’lib, unda o'qiyotganligi to'g'risida ma'lumotnoma hozir mavjud bo'lmasa, hozirgi vaqtda ta'lim olayotgan o'quv muassasa karantin rejimidan so'ng o'z faoliyatini tiklaganidan keyin hujjatlarini topshirishi mumkin.

Qabul komissiyasi barcha hujjatlarni ko'rib chiqadi va kirish uchun barcha munosib nomzodlarni xabardor qiladi.

Manba: Axborot xizmati

Fikrlar