Online video darslar, kurslar va testlar - PREP.UZ

Hilol eBook dasturida barchasi bepul!

Omina Sharipova 25-03-2020

«Hilol-nashr» matbaa-nashriyoti yurtimizda karantin e'lon qilingani munosabati bilan Hilol ebook dasturidagi barcha elektron va audio kitoblarni bir oy davomida bepul taqdim qiladi.

  • 821
  • 1

«Hilol-nashr» matbaa-nashriyoti yurtimizda karantin e'lon qilingani munosabati bilan Hilol ebook dasturidagi barcha elektron va audio kitoblarni bir oy davomida bepul taqdim qiladi.

«Hilol eBook» qanday dastur?

«Hilol eBook» elektron va audio kitoblar dasturi bo'lib, ushbu dastur orqali shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining barcha kitoblarini yuklab olib, o'qish mumkin. Shuningdek, dasturdan Tohir Malik, Ahmad Muhammad Tursun kabi mualliflarning 300 ga yaqin elektron va audio kitoblari o'rin olgan.

«Hilol eBook» dasturidan dunyoda eng ko'p tarqalgan Android, iOS, Windows, Mac hamda Linux (Ubuntu) operatsion tizimlarda ishlovchi jihozlarda foydalanishingiz mumkin. Ta'kidlash joizki, «Hilol eBook» dasturi mazkur 5 ta operatsion tizimda ham baravar ishlovchi O'zbekistondagi birinchi dasturdir. Dasturda elektron kitoblarni kirill hamda lotin alifbosida o'qish mumkin.

Elektron va audio kitoblardan bepul foydalanish uchun dasturni yuklab oling. Avval ro'yxatdan o'tganlar esa internetga ulangan holda «Do'kon» qismiga o'tsalar kifoya.

️Hilol eBook dasturini yuklash

Marhamat, ushbu dasturdan foydalanib, o'zingiz va oila a'zolaringiz vaqtini mazmunli o'tishini ta'minlang. Alloh taolo barchamizga sabr-matonat ato qilsin, bu sinovlardan sharaf bilan o'tkazib, tez kunlarda ofiyat nasib qilsin!

Fikrlar