Online video darslar, kurslar va testlar - PREP.UZ

Onlayn hamkorlik: O'zbekistonda yapon universiteti filalini ochish bo'yicha tashkiliy masalalar muhokama qilindi

Omina Sharipova 25-03-2020

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligida yaponiyalik hamkorlar bilan videomuloqot tashkil etildi.

  • 587
  • 0

24-mart kuni Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligida yaponiyalik hamkorlar bilan videomuloqot tashkil etildi.

Unda vazir o'rinbosari U.Begimqulov rahbarligida vazirlik mutaxassislari Yaponiyaning Digital Knowledge Co. Ltd kompaniyasi Prezidenti janob Xaga Xiroaki boshchligidagi delegatsiya bilan onlayn muzokaralar olib borishdi.

Videokonferentsiya shaklida o'tkazilgan muzokaralarda 2020/2021 o'quv yilida O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti bazasida Yaponiya raqamli universiteti filialini tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

Xususan, yurtimizda Yaponiya raqamli universitetini tashkil etishning shartlari, amalga oshirish mexanizmlari va istiqboldagi rejalar ko'rib chiqildi.

Fikrlar