Online video darslar, kurslar va testlar - PREP.UZ

QarDU ga hujjat topshirish niyatidagi abituriyentlar diqqatiga!

Omina Sharipova 19-03-2020

Qarshi davlat universitetida Jahon bankining Аkademik innovatsiyalar fondi grant loyihasi doirasida Masofaviy taʼlim markazi ish boshladi.

  • 1092
  • 1

Qarshi davlat universitetida Jahon bankining Аkademik innovatsiyalar fondi grant loyihasi doirasida Masofaviy taʼlim markazi ish boshladi.

Ushbu markazning asosiy vazifasi talabalar bilimini oshirish uchun online oʼqitish texnologiyasidan keng foydalanishdan iborat. Bunda masofadan turib boshqa OTM professor-oʼqituvchilari tomonidan video-maʼruza yoki online shakldagi mashgʼulotlar olib boriladi. Shuningdek, boshqa OTMlar bilan videokonferentsiya shaklida aloqa oʼrnatish, turli xildagi “vebinar”lar tashkil qilishdan iborat.

Masofaviy taʼlim markazi tomonidan hozirgi taʼtil davrida universitet talabalari uchun foydali oʼquv materiallari tayyorlanmoqda.

Fikrlar