Xotin-qizlar uchun imtiyozli kreditlar
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab respublikadagi barcha xususiy, xorijiy va davlat oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida xotin-qizlarning toʻlov-kontrakt asosida oʻqishlari uchun imtiyozli shartlarda taʼlim kreditlari ajratiladi. Bu 18 iyul kuni prezident imzolagan qarorda nazarda tutilgan.
Unga koʻra, kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shakli uchun xotin-qizlarga:
tijorat banklari Moliya vazirligi tomonidan joylashtiriladigan depozit mablagʻlari hisobidan taʼlim kreditlarini 14 foiz stavkada ajratadi;
taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi;
taʼlim krediti boʻyicha foiz stavkalarini soʻndirish Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan, ularni tijorat banklariga toʻlash orqali amalga oshiriladi;
taʼlim kreditini rasmiylashtirishda va uning qaytarilishida talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatidaqatnashishiga ruxsat etiladi.
Kam taʼminlangan oilalar farzandlari
Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba xotin-qizlarning taʼlim kontraktlari toʻlab beriladi.
Mazkur imtiyoz Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 martdagi "Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" PF-87-son Farmonida koʻzda tutilgan
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan toʻlab beriladi.
#Magistraturada oʻqiydigan barcha xotin-qizlarning toʻlov kontrakt pullari byudjet hisobidan toʻlab beriladi. Buning uchun ular 15 sentyabrga qadar ariza topshirishlari kerak.
“Xotin-qizlarimiz 15 sentyabrga qadar OTM rahbariga toʻlov-kontrakt pul miqdorini byudjet mablagʻlari hisobidan toʻlab berish yuzasidan yozma ariza bilan murojaat etadilar. Mazkur arizalar 5 kun muddat ichida koʻrib chiqiladi va toʻlov-kontrakt summalari stipendiyasiz tarzda oʻqitish qiymati miqdorida moliyalashtiriladi”, dedi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi boʻlim boshligʻi Qurbonnazar Ortiqov.
Maʼlumot uchun, Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasi qaroriga muvofiq 2022/2023 oʻquv yili uchun barcha davlat oliy taʼlim muassasalari bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha bazaviy toʻlov-kontrakt qiymatidan kelib chiqib, faqat tabaqalashtirilgan (super) toʻlov-kontrakt miqdorlari 10 foizga kamaytirib belgilandi.