Oliygoh, IT park, oliy ta`lim. Raqamlashtirish, talabalar | Prep.uz
TAS-IX
ENDI HAR BIR TALABA IT DASTURLARINI O‘RGANISHI SHART.

ENDI HAR BIR TALABA IT DASTURLARINI O‘RGANISHI SHART.

Prep.uz (Admin) 17-04-2023

  • 298
  • 0

 

Har bir oliygohning bitiruvchilari o‘z yo‘nalishlaridagi IT dasturlarda ishlashni o‘rganishi kerak. Bu haqda Prezident boshchiligidagi yig‘ilishda aytib o‘tilgan.

“Misol uchun, qurilish loyihalari uchun chizmalar chizish, smetalar tuzish, infratuzilmani yaratish ixtisoslashtirilgan dasturlar asosida 1-2 oyda yakuniga yetkazish mumkin. Xorijda yoshlar bunday dasturlarni oliygohda o‘rganib chiqishi ko‘rsatib o‘tildi", deyiladi  xabarda.

Shu munosabat bilan Oliy ta’lim va Raqamlashtirish vazirliklariga:

qurilish, geologiya, mashinasozlik, transport kabi yo‘nalishlarda muhandis-texnologlarni tayyorlash uchun zamonaviy dasturiy mahsulotlarni o‘rganib, yangi o‘quv yilidan oliygohlarda joriy qilish;

IT park va uning filiallarini bunday oliygohlarga bog‘lab, o‘qituvchi va talabalarni yangi dasturlarda ishlashga o‘rgatish topshirildi.

Shuningdek, olis va chekka hududdagi yoshlarni xorijiy tillarga o‘rgatish uchun alohida telekanal tashkil qilingan. Raqamlashtirish vazirligiga ushbu telekanalda IT’ga o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslari va kamida 30 foiz qiziqarli kontentlarni joylashtirishni ta’minlash topshirildi.

IT yo`nalishlariga o`tish

Fikrlar