Online video darslar, kurslar va testlar - PREP.UZ

Yangilanayotgan Konstitusiyada talabalar uchun ham imtiyozlar belgilanmoqda

Prep.uz (Admin) 25-04-2023

  • 865
  • 0

Yangilanayotgan Konstitusiyada talabalar uchun ham imtiyozlar belgilanmoqda

O‘zbekistonning yangi Konstitusiyasi loyihasi talabalarga ham keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Yaqqol misol sifatida yoshlarning oliy o‘quv yurtlarida davlat hisobidan grant asosida o‘qish huquqi Bosh qonunda belgilanayotganini ko‘rsatish mumkin.

O‘zbekistonning yangi Konstitusiyasi loyihasi talabalarga ham keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Ijtimoiy normalar, tartib-qoidalar ta’lim sohasida ham o‘z aksini topishi uchun moddalarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Yaqqol misol sifatida yoshlarning oliy o‘quv yurtlarida davlat hisobidan grant asosida o‘qish huquqi Bosh qonunda belgilanayotganini ko‘rsatish mumkin. Bu bilan iqtidorli yoshlarning davlat hisobidan oliy ta’lim olishi qat’iy kafolatlanmoqda.

2023 yilning “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb e’lon qilinishi zamirida ham ta’limni yuksaltirish yotibdi. Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev ilgari surayotgan ezgu tashabbuslar, ta’lim sohasiga doir jadal islohotlar ijrosini  oliygohlardagi jarayonda ko‘rish mumkin.

Fikrlar