Online video darslar, kurslar va testlar - PREP.UZ

ALBERT EYNSHTEYNDAN 10 TA HAYOTIY MASLAHAT!

Prep.uz (Admin) 10-03-2023

  • 193
  • 0

Albert Eynshteyn nafaqat buyuk fizik sifatida mashhur bo’lgan, balki o’z davrining eng dono odamlardan biri bo’lgan. Uning maslahatlari butun dunyoga tarqatildi va shu kungacha dolzarbligini yo’qotmadi.

 

1. QIZIQUVCHAN BO'LING:

 

«Mening hech qanday maxsus iste’dodim yo'q. Men shunchaki, juda qiziquvchanman.»

 

2. BEBAHO QAT'IYAT:

 

«Men har bir masalaga, boshqalarga nisbatan, juda e'tibor va ehtiyotkorlik bilan qarayman.»

 

3. VAQTDAN YUTISHGA XARAKAT QILMANG:

 

«Bir vaqtda bir necha ish qila olasan, lekin hammasini mukammal qila olmaysan”

 

4. ENG KATTA KUCH BU — TASAVVUR:

 

«Tasavvur – bu hamma narsa. Bu hayotdagi bo’lajak voqealarni ko’rib chiqishdir. Tasavvur bilimdan ham muhimdir.»

 

5. XATO QILISH:

 

«Hech qachon xato qilmagan inson, yangi narsani umuman tatib ko’rmaydi.»

 

6. HOZIRGI VAQT BILAN YASHANG:

 

«Men hech qachon kelajak haqida o’ylamayman – u juda tez yaqinlashib keladi.»

 

7. QADRIYATLARNI YARATING:

 

«Muvaffaqiyatga erishish uchun intilmang, balki hayotingiz mazmunli bo’lishiga intiling.»

 

8. TAKRORLAMANG:

 

«Bir ishni qayta-qayta qilib, lekin har xil natijani kutish axmoqlik.»

 

9. BILIM TAJRIBADAN KELIB CHIQADI:

 

«Axborot – bilim emas. Ilmning yagona manbasi – tajriba.»

 

10. O'YINDA YAXSHIROQ O'YNASH UCHUN, QOIDALARNI BILISH KERAK:

 

«Siz o’yin qoidalarini o’rganishingiz kerak. Shundan so’ng, hammadan ko’ra yaxshiroq o’ynashingiz mumkin.»


Yanada qiziqarli yangiliklar Prep.uz da

Fikrlar