Online video darslar, kurslar va testlar - PREP.UZ

Bitiruvchi talabalar uchun diplomning elektron nusxasini olish imkoniyati yaratildi

Omina Sharipova 16-07-2020

  • 6771
  • 0

Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan oliy taʼlim muassasasalarini 2019/2020 o‘quv yili bitiruvchilari uchun diplomning elektron nusxasini olish imkoniyati yaratildi.

Xizmatdan foydalanish uchun quyidagi harakatlarni bajaring:

👉1) diplom.edu.uz veb-saytiga kiring. Ekraningizdagi paydo bo‘lgan sahifaning “JShShIR” qismida pasportingizdagi tegishli maʼlumotni kiriting va “Tekshirish” tugmachasini bosing.

👉2) Keyingi sahifada bitiruvchining shaxsiy maʼlumotlari aks etadi. Agarda mazkur sahifaning «Diplom raqami» qismida maʼlumotlar mavjud bo‘lsa, «Diplom nusxasini ko‘chirib olish» tugmachasini bosing.

Mabodo, «Diplom raqami» qismida maʼlumotlar aks etmasa, o‘zingiz tamomlagan oliy taʼlim muassasasiga murojaat qiling.

📚Bakalavriat bitiruvchilari diplom va uning ilovasi elektron nusxalari bilan magistr.edu.uz veb-platformasi orqali 2020/2021 o‘quv yili uchun magistraturaga onlayn hujjat topshirishlari mumkin.

 

Fikrlar