imtixon test davlat test markazi ta'lim abituriyent test sinovlari | Prep.uz
TAS-IX
Geologiya fanlari universiteti bu yil qancha talabani qabul qiladi?

Geologiya fanlari universiteti bu yil qancha talabani qabul qiladi?

Omina Sharipova 08-07-2020

  • 1821
  • 0

Ma’lumki, joriy yilning 31-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev bir qator ilm-fan vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimida Geologiya fanlari universitetini tashkil qilish tashabbusini ilgari surgan edi. 2020-yil 8-iyun kuni esa ana shu tashabbusning natijasi o‘laroq “Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimida Geologiya fanlari universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori imzolandi.

Ayni payda boshqa universitetlar qatori, yangi universitetga ham bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun qabul e’lon qilingan.

Bu yilgi qabul uchun qancha kvota ajratilgan?

2020/2021 o‘quv yili uchun universitetga 6 ta ta’lim yo‘nalishlari va 4 ta mutaxassisliklar bo‘yicha 240 ta kvota ajratildi. Shundan 200 tasi – bakalavriat, 40 tasi – magistratura bo‘yicha. Bitiruvchilar Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimidagi korxona va tashkilotlarda ish bilan ta’minlanadi. Ushbu jadvalda hammasi batafsil keltirilgan:

Bundan tashqari, qabul jarayoni yana-da qulayroq bo‘lishi uchun “Call-markaz” tashkil qilingan, mutaxassislar ajratilgan. Lekin abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazishga bakalavrit uchun joriy yilning 20-iyuligacha, magistratura uchun esa 30-iyulga qadar muddat belgilanganini eslatib o‘tmoqchiman.

 

Fikrlar