Online video darslar, kurslar va testlar - PREP.UZ

Toshkent davlat transport universiteti Fransiya taʼlim muassasalalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

Omina Sharipova 01-07-2020

  • 436
  • 0

Shu yilning 30 iyun kuni Toshkent davlat transport universitetida Fransiyaning Fuqarolik aviatsiyasi milliy maktabi (ENAC – École nationale de l‘aviation civile), Tuluza biznes maktabi hamda “AIRBUS” kompaniyasi vakillari bilan videoaloqa orqali muzokaralar o‘tkazildi.

Unda universitet rektori Odil Abdurahmanov ENAC maktabining xalqaro aloqalar bo‘yicha direktori Nikolas Kasalis, ENAC uchuvchilar maktabi direktori Teri de Baskia, “AIRBUS” kompaniyasining xalqaro ishlar bo‘yicha vitse-prezidenti Silver Delunay, THALES kompaniyasining savdo masalalari bo‘yicha direktori Orson Storar va boshqalar bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib bordi.

Videomuloqotda Fransiyaning Fuqarolik aviatsiyasi milliy maktabi, Tuluza biznes maktabi hamda “AIRBUS” kompaniyasining vakillari bilan Toshkent davlat transport universiteti o‘rtasidagi istiqbolli rejalar ko‘rib chiqildi.

Muhokamalar yakunida quyidagi yo‘nalishlarda memorandum tuzishga kelishib olindi:

👉 Toshkent davlat transport universitetida o‘quv bazasini yaratish;

👉 fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash yuzasidan bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma dasturlar tuzish;

👉 uchuvchilarni tayyorlash maqsadida talabalar akademik mobillik dasturlarini yo‘lga qo‘yish;

👉 professor-o‘qituvchilarni Fuqarolik aviatsiyasi milliy maktabida malaka oshirish va stajirovka dasturlari bo‘yicha o‘qishga yuborish;

👉 uchuvchilarni tayyorlash dasturlari bo‘yicha o‘qitish shart-sharoitlarini tashkil etish;

👉 Fransiya oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish

Manba: Edu.uz

Fikrlar