Online video darslar, kurslar va testlar - PREP.UZ

Magistraturaga kirish imtihonlari 2020 yil 3-20 avgust kunlari o‘tkaziladi

Omina Sharipova 24-06-2020

  • 921
  • 0

Davlat komissiyasi majlisining 2020 yil 1-son bayoniga muvofiq, istisno tariqasida, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish chora-tadbirlaridan kelib chiqib, 2020/2021 o‘quv yili uchun magistraturaga kirish imtihonlari 2020 yil 3-20 avgust kunlari o‘tkaziladi.

❗️Eslatib o‘tamiz, joriy yilda magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining rasmiy veb-sayti (http://magistr.edu.uz/home) orqali amalga oshiriladi.

❇️ Hujjatlar 2020 yil 1 iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi.

Fikrlar