Online video darslar, kurslar va testlar - PREP.UZ

Yana bir chet el universiteti filiali tashkil etiladi

Omina Sharipova 13-06-2020

  • 497
  • 0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil fevral oyida Turkiya Respublikasiga rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish va shu asosda Toshkent shahrida Turkiya iqtisodiyot va texnologiya universiteti filialini tashkil etish belgilab berilgan edi.

Shu munosabat bilan, joriy yil 4-7 mart kunlari O‘zbekiston delegatsiyasi Turkiya iqtisodiyot va texnologiya universitetiga tashrif buyurib, mazkur oliy taʼlim muassasasining Toshkent shahridagi filialini ochish yuzasidan hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Mazkurga kelishuvga ko‘ra, Turkiya iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasida kadrlar tayyorlash, oliy taʼlim sohasida hamkorlikni rivojlantirish, elektron va masofaviy taʼlim texnologiyalarini qo‘llagan holda ingliz tilida o‘qitishni yo‘lga qo‘yish kabi vazifalar belgilab olingan edi.

Ushbu masala yuzasidan o‘tkazilgan onlayn konferensiyada Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rahbar xodimlari, O‘zbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi, Turkiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi hamda har ikki mamlakatning OAV vakillari ishtirok etdi.

Konferensiya davomida TOVV YETU brendi, veb-sayti, platforma va boshqa materiallardan universitetning Toshkent shahridagi filialini rivojlantirish uchun foydalanish, qolaversa TOVV YETU diplomini berish, talabalarning qabul qilish shartlari va muddatlarini kelishish va kutubxona fondini, shuningdek taʼlim sohasidagi o‘quv, ilmiy va uslubiy qo‘llanmalarni shakllantirishga ko‘maklashish kabi ishlarni tezkor amalga oshirilish masalalarini tomonlar muhokama qilishdi va mazkur masalalar bo‘yicha ijobiy to‘xtamga kelindi.

Bundan tashqari, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab talabalarni qabul qilish, taʼlim jarayonlarini to‘laqonli joriy etish hamda shu sohaga Turkiyaning yetakchi o‘qituvchi-professorlarini jalb qilishga kelishib olindi.

Maʼlumot uchun, Turkiya iqtisodiyot va texnologiya universiteti 2002-yilda Turkiya savdo palatalari va birjalari uyushmasi tomonidan tashkil etilgan.

Fikrlar