Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bakalavriat yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda dastlabki imtihonni o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyuldagi “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriat va magistraturasiga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Bugungi kundagi pandemiya holatidagi vaziyatdan kelib chiqib, 2020-2021 o‘quv yili JIDU bakalavriat yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda dastlabki imtihon masofaviy onlayn tarzda o‘tkazilishi rejalashtirlmoqda.
Abituriyentlar JIDU abiturientlarini elektron ro‘yxatga olish tizimida onlayn ariza to'ldirishadi (https://admission.uwed.uz) va ro‘yxatga olish paytida talab qilinadigan hujjatlarning elektron nusxasini yuklaydi va o‘z navbatida dastlabki imtihonga yo‘llanma oladi. Ro‘yxatga olingandan so‘ng, Abituriyent dastlabki imtihon sanasi, vaqti va tizimga kirish uchun loginini oladi. Olingan login yordamida abituriyent ushbu tizimdan parolni (https://admission.uwed.uz) dastlabki imtihon kuni imtihon boshlanishidan 1 soat oldin va imtihon tugagunga qadar olishi mumkin bo‘ladi.
Abiturient belgilangan vaqt oralig‘da ushbu imkoniyatdan foydalanmasa qaytib imtihonga qo‘yilmaydi.
Dastlabki imtihonga https://test2020.uwed.uz manzil orqali kiriladi.
Dastlabki imtihon quyidagilarni belgilovchi savollarning uch blokidan iborat bo‘ladi:
1. Intellektual darajani aniqlash (kompyuterda onlayn IQ test sinovlari, 40 ball):
· mantiqiy va keng fikrlash darajasini aniqlash;
· turli tushunchalar bilish darajasini aniqlash;
· faktlarni taqqoslash hamda ularning o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni topish darajasini aniqlash;
2. Ona tilini bilish darajasini aniqlash (O‘zbekiston madaniyati, san’ati, tarixi, geografiyasiga oid va boshqa masalalar yuzasidan savodli va asosli tushuntirish qobilyati - 100 so‘zdan iborat qisqacha esse, 30 ball):
· Abituriyent esseni to‘g‘ridan-to‘g‘ri masofaviy ta’lim tizimida bajaradi.
3. Xorijiy tillarni (ingliz, fransuz va nemis tillari) bilish darajasini aniqlash (O‘zbekiston madaniyati, san’ati, tarixi, geografiyasiga va boshqa sohalarga oid masalalar yuzasidan savodli va asosli tushuntirish qobilyati - 100 so‘zdan iborat qisqacha xorijiy tilda esse, 30 ball):
· Abituriyent esseni to‘g‘ridan-to‘g‘ri masofaviy ta’lim tizimida bajaradi.
Dastlabki imtihonning maksimal ballari miqdori 100 ballni tashkil etadi. Barcha savollar bo‘yicha umumiy 50 ball va undan yuqori ballni to‘plagan abiturientlarga JIDUga o‘qishga kirish uchun Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan bakalavriatga kirish test sinovlarini belgilangan tartibda topshirishlariga ruxsat beriladi.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetidagi mavjud ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test topshiriladigan fanlar majmuasinining ikkinchi bo‘limi quyidagicha belgilangan:
| T/r
|
Yo‘nalish shifri |
Ta’lim yo‘nalishi nomi |
Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi |
|
1 |
5210300 |
Siyosatshunoslik |
Tarix, Chet tili
|
|
2 |
5233500 |
Xalqaro iqtisodiyot va menejment (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha) |
Chet tili |
|
3 |
5240100 |
Yurisprudensiya (xalqaro huquqiy faoliyat) |
Tarix, Chet tili |
Dastlabki sinov imtixoni “Savollar kitobi” namunasini yuklab olish uchun ushbu manzilga kiring: https://uwed.uz/uz/pages/bachelor-degree
Amerikalik yozuvchi Rey Bredberi «Men kutubxonada va mutlaqo bepul ta’lim olganman» deb yozgan edi. Bugunga kelib esa o‘qish jarayonlari takomillashib turli internet resurslar hamda onlayn kurslar tobora ommalashmoqda.
IELTS testining 2 turi mavjud: Umumiy (IELTS General Training Module) va Akademik (IELTS Academic Module). Umumiy testni o‘rta yoki o‘rta maxsus ta‘lim yo‘nalishlaridagi o‘quv yurtlariga kirishni xohlovchilar topshirishadi.
Imtihon sertifikati AQSH, Kanada, Avstraliya, Yevropa va Osiyo oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirishda talab qilinadi. Testning PBT – papper-based test (qog‘oz), CBT – computer-based test (kompyuter) va iBT – internet-based test (internet) variantlari bor. Hozirda bu imtihon deyarli butun dunyo bo‘yicha internetda – onlayn o‘tkaziladi.
Hozirda bepul elektron kitoblarni topish qiyin. Ba’zi bepul elektron kitoblarning esa, sifati yuqori darajada emas. Siz ushbu maqolani o’qiganingizdan so’ng sifati a’lo darajadagi adabiyotlardan bepul foydalanish imkoniyati mavjud. Prep.uz ana shunday yettita manbani yig'di va sizlarga taqdim etadi.
Bolalarni kitob o'qishga majburlab bo’lmaydi. Ularni undashi mumkin bo'lgan yagona narsa yoshi kattalarga taqliddir. Bir yilda 100 ta kitob o'qish va uni tugatishni maqsad qilib qo'ying. Qanday qilib?
Bugungi kunda dunyoda taxminan 1,5 milliard kishi ingliz tilida gaplashadi.
IELTS yoki Xalqaro Ingliz Tili Tizimi imtihoni nima va nega uni topshiradi?
«Инсон миясини фақат 10 фоизини ишлата олади», – деган афсона хатолиги аллақачон айтилган бўлсада, омма орасида ҳалигача машҳур. Нима эмиш одам миясини 100 ишлатса, ғайриоддий ишларни, масалан, уча олишни эплармиш.
🏢 Статистика агентлиги маълумотларига кўра, 2023-йилнинг 1-январ ҳолатига Тошкент шаҳридаги мактабларда 499 417 нафар ўқувчи таҳсил олмоқда.
Мотивация уйғотиш йўлида бериладиган мукофотлар қалбаки ва ёлғон, хамда нимадур қилишда ягона йўл бу ташқи мотивацияларни кутмасдан харакатни бошлаш эканлигини энди билганизда, сизларга ўзингизда мотивация уйғотиш ва кучли иродани шакллантириш учун илмий услублар хақида сирлари билан бўлишамиз.
#Marketolog – bu bozor bo‘yicha mutaxassis. Lekin savdogarlar turli buyumlar bilan savdo qiladigan yirik maydon bo‘yicha emas. Marketolog – mohiyatga ko‘ra – bozor makonida kechadigan jarayonlarni kuzatuvchi.
BMT prognozlariga ko‘ra 2050 yilga borib kasblarining 75 foizi STEM fanlariga aloqador bo‘lishi kutilmoqda. Aynan mana shu tizim asosida ta’lim olish orqali o‘quvchilar kelajak muammolariga yechim topa oladigan, yangi kashfiyotlar qila oladigan kadrlarga aylanishiga ishonilmoqda.
Mehnat bozori doimo o'zgarib turadi va 5 yil oldin talab qilinadigan kasblar bugungi kunda keraksiz va kam maoshli bo'lib chiqishi mumkin. Kelajakda turli yo'nalishlarda qanday tendentsiyalar kutayotgani va qanday oliy ta'lim sizga raqobatdosh ustunlik berishini aytib beramiz. Maqola nafaqat o'rta maktab o'quvchilari va kelajakdagi talabalar uchun, balki o'z vakolatlarini yangilashni xohlaydigan mutaxassislar uchun ham foydali bo'ladi.
https://prep.uz/lending?utm_source=target&utm_medium=cpc&utm_campaign=chek_list#students