Online video darslar, kurslar va testlar - PREP.UZ

Diqqat, magistraturaga qabul boshlandi!

Omina Sharipova 01-07-2020

1-iyuldan boshlab butun respublikadagi davlat OTMlarida magistratura uchun hujjatlar qabul qilish boshlandi

  • 1082
  • 9

1-iyuldan boshlab butun respublikadagi davlat OTMlarida magistratura uchun hujjatlar qabul qilish boshlandi.

Qabul 30 iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.

Hujjat topshirish http://magistr.edu.uz sayti orqali onlayn amalga oshiriladi, OTMlarda qabul qilinmaydi!

Hujjat topshirish uchun kerak bo‘ladigan maʼlumotlar:

1) Pasport maʼlumotlari to‘ldiriladi. Bunda abituriyent JSHSHIR raqamini hamda pasport seriyasi va raqamini kiritishi kifoya. Pasportning skaner yoki rasm varianti talab etilmaydi;

2) Doimiy yashash manzili (tushunarli aytadigan bo‘lsak, propiska bo‘yicha) kiritiladi;

3) Bakalavrda tugatgan taʼlim muassasasi maʼlumotlari kiritiladi;

4) Diplomning rasmi hamda baholar qayd etilgan ilovaning skaner varianti yuklanadi;

5) Agar abituriyent imtiyozlarga ega bo‘lsa, yaʼni chet tilini bilish sertifikati, olimpiadalar g‘olibligi, Prezident yoki nomli stipendiya sohibi ekanligi va h.k.larni tasdiqlovchi hujjatlarni kiritadi;

6) Hujjat topshirmoqchi bo‘lgan mutaxassisligini tanlaydi.

Abituriyentdan shundan boshqa qo‘shimcha hujjatlar, masalan fotosurat, maqolalarining nusxasi, tibbiy maʼlumotnoma talab etilmaydi!

Fikrlar