Online video darslar, kurslar va testlar - PREP.UZ

Kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish tartibi belgilandi

Omina Sharipova 24-06-2020

  • 719
  • 0

Davlat komissiyasining 2020 yil 1-sonli bayoni bilan 2020/2021 o‘quv yili qabulida kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.

✅ Unga ko‘ra:

👉 kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlarini bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari xususiyatidan kelib chiqib soddalashtiriladi;

👉 abituriyent kasbiy (ijodiy) imtihon uchun bir marta keladi va ortiqcha vaqt sarflamasdan topshirishi taʼminlanadi;

👉 test sinovlari bilan bir qatorda o‘tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlar joriy yilning 25 iyulgacha o‘tkaziladi;

👉 alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yo‘nalishlari kirish imtihonlarini 25 iyuldan 20 avgustgacha o‘tkaziladi;

👉 kasbiy (ijodiy) imtihonlar videokuzatuvlar orqali qatʼiy nazorat qilinadi va internetda jamoatchilik kuzatuvi taʼminlanadi.

Fikrlar