imtixon test davlat test markazi ta'lim abituriyent test sinovlari | Prep.uz
TAS-IX
Magistraturada o’qishni rejalashtirganlar uchun yangilik

Magistraturada o’qishni rejalashtirganlar uchun yangilik

Omina Sharipova 10-07-2020

  • 537
  • 0

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab:

magistr darajasiga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar qatlamini kengaytirish maqsadida magistraturaga qabul qilishda abituriyentlarning qabul bo‘yicha belgilangan turdosh bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari negizidagi magistratura mutaxassisliklaridan tashqari boshqa magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ham tanlovda ishtirok etishiga ruxsat berilgan;

magistraturaga kirish sinovlari soddalashtirilgan, jumladan, “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanidan kirish imtihoni bekor qilingan;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotlari sohibalari, shuningdek «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti sohiblari bo‘lgan oliy taʼlim muassasalari talabalari va bakalavr darajasiga ega yoshlar oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga tanlovdan tashqari alohida davlat grantlari asosida qabul qilinishi belgilangan.

Fikrlar