#Ish haqi, pensiya va nafaqalar oshmoqda, kontrakt narxlari qanchaga oshadi?
Prezident tomonidan imzolangan farmonda ish haqi, pensiya va nafaqalar oshirilishi belgilangan.
Prezident farmoni bilan faqat budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori 7 foizga oshyapti.
Ammo, talabalarning stipendiyalari oshgani yo‘q, bu haqda farmonda hech narsa deyilmagan. Shuningdek, kontrakt to‘lovlari miqdori ham oshmagan.
«Aslida qoidaga ko‘ra, talabalarning to‘lov-kontraktlari ham oshishi kerak, chunki bazaviy kontrakt miqdorlari mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga bog‘lab qo‘yilgan. Ya’ni qoida bo‘yicha mehnatga haq to‘lash miqdori oshganda kontraktlar ham oshadi»,deb yozdi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu borada xulosaga biroz shoshmagan ma’qul. Sababi pandemiyadan keyin bir necha yildan buyon kontraktlar miqdori oshirilmayapti, eski holicha turibdi. Mehnatga haq to‘lash miqdori bir necha bor oshgan bo‘lsa-da, kontraktlar oshirilmadi.