Online video darslar, kurslar va testlar - PREP.UZ

Oliy taʼlim muassasalarini grantga tamomlagan shaxslarning 3 yil ishlab berish majburiyati qanday asosda bilan bekor qilindi?

Prep.uz (Admin) 02-05-2023

  • 934
  • 0

Oliy taʼlim muassasalarini grantga tamomlagan shaxslarning 3 yil ishlab berish majburiyati qanday asosda bilan bekor qilindi?

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.06.2005 yildagi PQ-92-son qarori bilan 2005/2006 o‘quv yilidan boshlab barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat grantlari asosida tahsil olgan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini majburiy tartibda kamida uch yil ishlab berish sharti bilan ta’lim muassasalariga, korxona va tashkilotlarga ishga taqsimlash amaliyotini joriy etilgan edi.

Lekin mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-son қарорига 3-ilovada tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari ro‘yxatiga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.

Demak, endilikda OTMlarni davlat granti asosida tamomlagan shaxslarning diplomni olish uchun 3 yil ishlab berish majburiyati ham bekor bo‘ldi.

Mazkur qaror (PQ – 279-son) OTMlarni 2022-2023 yildan boshlab tamomlagan talabalarga tatbiq etiladi. Shunday ekan, bu yil OTMni davlat granti asosida tamomlaganlar diplomlarini ishlab berish majburiyatisiz olishlari mumkin.

Fikrlar