O’qishni ko’chirish (tiklash) istagini bildirgan fuqarolar diqqatiga!
TAS-IX
O’qishni ko’chirish (tiklash) istagini bildirgan fuqarolar diqqatiga!

O’qishni ko’chirish (tiklash) istagini bildirgan fuqarolar diqqatiga!

Omina Sharipova 28-07-2020

  • 832
  • 0

Xabaringiz bor, 2020/2021 o‘quv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalariga o‘qishini ko‘chirish (tiklash) istagini bildirgan fuqarolardan arizalar (hujjatlar) onlayn qabul qilinmoqda.

❗Qabul qilingan aksariyat hujjatlar quyidagi sabablarga ko‘ra kamchiliklarni to‘g‘rilab qayta yuborish uchun qaytarilmoqda:

👉 pasport nusxasi (doimiy yashash manziliga ro‘yxatga qo‘yilgan beti bilan birga) to‘liq yoki sifatli yuklanmagan (zero o‘qishni ko‘chirish to‘g‘risidagi murojaatlarni ko‘rib chiqishda talabaning doimiy yashash manzili asoslovchi sabablardan biridir);

👉 OTMda o‘qiyotganlik (o‘qiganlik) to‘g‘risidagi belgilangan shakldagi hujjat (akademik maʼlumotnoma yoki reyting daftarchasi yoki transkript) nusxasi to‘liq yoki sifatli yuklanmagan;

👉 o‘qigan (o‘qiyotgan) OTM yoki taʼlim yo‘nalishi nomi to‘liq kiritilmagan;

👉 mavjud bo‘lmagan OTM yoki taʼlim shakli yoki taʼlim yo‘nalishiga ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tilgan.

-         O‘qishini ko‘chirish (tiklash) bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tayotgan fuqarolarga yuqoridagi holatlarni inobatga olishlari so‘raladi.

-         O‘qishini ko‘chirish (tiklash) bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan ammo arizalari dastur orqali rad etilgan fuqarolardan qayd etilgan kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etgan holda kamchiliklarni to‘g‘irlab qayta jo‘natishlari o‘tishlari so‘raladi.

-         Shu bilan birga, ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolardan o‘zlarining shaxsiy kabinetlariga kirib (ro‘yxatdan o‘tishdagi login va parol orqali) arizalarining ko‘rib chiqilish holatlarini doimiy kuzatib borishlari so‘raladi.

❗Eslatib o‘tiladi: o‘qishni ko‘chirish (tiklash) bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishning so‘ngi kuni 2020 yil 5 avgust.

 

Fikrlar