Garvard tomonidan tavsiya etilgan 5 ta kitob

Omina Sharipova 19-03-2020

Nima uchun vakolatli menejment va kuchli resurslarga ega bo’lgan eng yaxshi kompaniyalar ba’zida yangi texnologiyalar bosimi ostida bozorda o’zlarining peshqadamlik mavqelarini yo’qotmoqdalar? Bu savollarga ushbu maqoladan javob olasiz.

  • 122
  • 0

   Garvard universiteti tomonidan o'qish uchun tavsiya etilgan kitoblarni sizning e’tiboringizga havola qilamiz. Ulardan ba’zilari Garvard Biznes Maktabining kutubxonasiga kiritilgan. Qolganlari AQShning eng qadimgi ta’lim muassasasida olimlar va o’qituvchilar tomonidan olib borilgan izlanishlarga asoslanadi.

1.    “Mag'lubiyatsiz muzokaralar. Garvard metodi” Rojer Fisher, Uilyam Urey va Bryus Patton

Kitob mualliflari Garvard muzokaralari loyihasining yetakchi mutaxassislari. Ular bugungi kunda Garvardda o’qitiladigan samarali muzokaralar usulini ishlab chiqdilar. Ushbu muzokaralar “asosiy” deb nomlanadi. Muzokaralar prinspial usulini har qanday vaziyatda - oilaviy ta’til rejalarini muhokama qilishdan tortib, xalqaro nizolarni hal qilishgacha qo’llash mumkin.

2.    “Innovatorning dilemmasi: yangi texnologiyalar tufayli kuchli kompaniyalarning o’limi” Kleyton M. Kristensen

Ushbu kitob Garvard Biznes Maktabining professori Kleyton M. Kristensen tomonidan yozilgan. Unda u savolga javob beradi: nima uchun vakolatli menejment va kuchli resurslarga ega bo’lgan eng yaxshi kompaniyalar ba’zida yangi texnologiyalar bosimi ostida bozorda o’zlarining peshqadamlik mavqelarini yo’qotmoqdalar? Ko’pincha menejment amaliyotining o’zi, ular orqali kompaniyalar yetakchiga aylanadilar, yangi texnologiyalarni rivojlanishiga to’sqinlik qiladilar, natijada ular bozorda omon qoladilar. Buni qanday qilib oldini olish mumkin - Kristensenning taniqli bestselleri.

3.    "Faqat paranoid omon qolganlar" Endryu Grou

Intel kompaniyasining sobiq bosh direktori Endryu Grouning kitobi Garvard biznes maktabida inqirozni boshqarish darsligi sifatida ishlatiladi. Grou davrida Intelning asosiy mahsuloti bo’lgan Pentium protsessoridagi kichik xato 6 hafta ichida 500 million dollar zarar keltirdi. Va kompaniyaning obro’siga etkazgan zararini hisoblab bo’lmadi. Endryu Grou vaziyatni muvaffaqiyatli hal qildi va ushbu kitobda biznesda kutilgan va kutilmagan vaziyatlarni yengishga yordam beradigan strategiyani qanday ishlab chiqish kerakligini aytib berdi.

4.    Jeyms Champi, Maykl Xammerning “Qayta tarbiyalash korporatsiyasi”

Ushbu kitob Garvard Biznes Maktabidagi majburiy boshqaruv kurslarining bir qismidir. Unda mualliflari "biznesdagi inqilobning namoyishi" deb atashadi va ularni ko’rsatib berishadi. Buning mohiyati - barchasini qaytadan boshlash. Bu o’rnatilgan protseduralarni rad etish, bu savolga javob izlashdir: “Agar men bugungi kunda ushbu bilimlarni va zamonaviy texnologiyalarni hisobga olgan holda kompaniyani qayta tashkil qilsam nima bo’lar edi?”

Agar tashkilot o’z biznes-jarayonlarini qayta ko’rib chiqmasa, ularga yangi texnologiyalarni kiritish hech qanday samara bermaydi. Mualliflarning fikriga ko’ra, kompaniyalarning samaradorligi xodimlarning dangasaligi yoki boshqaruvning beparvoligi tufayli tushmaydi, ular (kompaniyalar) endi tez o’zgarib borayotgan dunyoga moslasha olmaydilar. Bugungi kunda uchta kuch mavjud bo’lib, ularni e’tiborsiz qoldirib bo’lmaydi.

5.    “Minto Piramida tamoyili” Barbara Minto

Barbara Minto biznesga oid matnlarni yozish usullarini Garvard universitetida o’rgangan. Uning kitobi Garvard Biznes Maktabidagi majburiy adabiyotlar ro’yhatidan joy olgan. Barbara Mintoning o’zi Garvardni bitirgan va u yerda biznesni boshqarish magistri darajasini olgan. Shundan so’ng u taniqli McKinsey & Company konsalting kompaniyasi tomonidan yollangan birinchi ayol maslahatchi lavozimida ishlagan. Minto metodologiyasi McKinsey & Company va boshqa yirik konsalting kompaniyalarida ishlash uchun standart sifatida ishlatiladi. Muallif ushbu kursni ko’p yillar davomida yirik biznes maktablarida, universitetlarda va kompaniyalarda o’qitgan. Barbara Minto o’n mingdan ortiq kishiga ushbu kitobdagi nazariyalarni o’rgatgan.

Fikrlar