Davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishning so‘nggi muddatiga oz qoldi.
Haliyam qaysi oliy taʼlim muassasasi va mutaxassislikni tanlashga ikkilanayotgan abituriyentlar uchun ushbu qo’llanma eng zo‘r tavsiya
Bilasizmi? Respublika oliy taʼlim muassasalari Yevropa ittifoqining Erasmus+ dasturlari doirasida bir qancha loyihalarda ishtirok etib kelishmoqda.
🔰Aynan mazkur loyihalar doirasida oliy taʼlim muassasalarida bir nechta yangi magistratura mutaxassisliklari tashkil etilgan
(Erasmus+ dasturi – taʼlim, professional taʼlimni taraqqiy ettirish, yoshlarni kamolotga yetkazish va sportni rivojlantirish sohalari bo‘yicha 2014-2020 yillar uchun Yevropa ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan dasturdir).
❗Mazkur mutaxassisliklarda taʼlim olishning AFZALLIKLARI:
👉mehnat bozorida talab etiladigan zamonaviy mutaxassislik;
👉o‘quv rejalari va dasturlari loyiha doirasida hamkor Yevropa oliy taʼlim muassasalari bilan birgalikda ishlab chiqilgan;
👉taʼlim jarayoni loyiha mablag‘lari doirasida so‘nggi texnologiyalar asosida jihozlangan o‘quv-laboratoriya xonalarida olib boriladi:
👉talabalarga hamkor Yevropa oliy taʼlim muassasalarining yetakchi professor-o‘qituvchilari tomonidan maʼruza, vebinarlar tashkil etilishi mumkin.
📌Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ CBHE loyihalari doirasida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan magistratura mutaxassisliklari (2020/2021 o‘quv yili qabuli bo‘yicha) ro‘yxatini quyida havola qilamiz:
🔸Loyiha nomi: “CLASS”
Mutaxassislik nomi:
“5A120106-Kompyuter lingvistikasi”
➡Qaysi OTMlarda?
O‘zbekiston milliy universiteti;
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti;
Samarqand davlat chet tillar instituti;
Urganch davlat universiteti.
🔸Loyiha nomi: “ECCUM”
Mutaxassislik nomi:
“5A130301-Matematik injiniring”
➡Qaysi OTMda? Urganch davlat universiteti.
🔸Loyiha nomi: “RENES”
Mutaxassislik nomi:
“5A140204-Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit fizikasi”
➡Qaysi OTMlarda?
Urganch davlat universiteti;
Andijon davlat universiteti;
Guliston davlat universiteti;
Qarshi davlat universiteti.
🔸Loyiha nomi: “INTRAS”
Mutaxassislik nomi:
“5A310609-Intellektual transport tizimlari”
➡Qaysi OTMlarda?
Toshkent davlat transport universiteti;
Andijon mashinasozlik instituti;
Jizzax politexnika instituti;
Termiz davlat universiteti.
🔸Loyiha nomi: “INTRAS”
Mutaxassislik nomi:
“5A350902-Intellektual axborot-kommunikatsiya tizimlari”
➡Qaysi OTMda?
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
🔸Loyiha nomi: “MECHAUZ”
Mutaxassislik nomi:
“5A312601-Mexatronika va robototexnika”
➡Qaysi OTMda? Andijon mashinasozlik instituti
🔸Loyiha nomi: “GE-UZ”
Mutaxassislik nomi:
“5A313401-Geodeziya va geoinformatika”
➡Qaysi OTMlarda?
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti;
O‘zbekiston milliy universiteti;
Toshkent arxitektura-qurilish instituti;
Qoraqalpoq davlat universiteti.
🔸Loyiha nomi: “SPACECO”
Mutaxassislik nomi:
“5A350903-Sunʼiy yo‘ldoshli aloqa tizimlari”
➡Qaysi OTMda? Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
🔸Loyiha nomi: “SPHERE”
Mutaxassislik nomi:
“5A440115-Favqulotda vaziyatlarda veterinariya nazorati va jamoat sog‘lig‘ini saqlash”
➡Qaysi OTMda? Samarqand veterinariya meditsinasi instituti
Amerikalik yozuvchi Rey Bredberi «Men kutubxonada va mutlaqo bepul ta’lim olganman» deb yozgan edi. Bugunga kelib esa o‘qish jarayonlari takomillashib turli internet resurslar hamda onlayn kurslar tobora ommalashmoqda.
IELTS testining 2 turi mavjud: Umumiy (IELTS General Training Module) va Akademik (IELTS Academic Module). Umumiy testni o‘rta yoki o‘rta maxsus ta‘lim yo‘nalishlaridagi o‘quv yurtlariga kirishni xohlovchilar topshirishadi.
Imtihon sertifikati AQSH, Kanada, Avstraliya, Yevropa va Osiyo oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirishda talab qilinadi. Testning PBT – papper-based test (qog‘oz), CBT – computer-based test (kompyuter) va iBT – internet-based test (internet) variantlari bor. Hozirda bu imtihon deyarli butun dunyo bo‘yicha internetda – onlayn o‘tkaziladi.
Hozirda bepul elektron kitoblarni topish qiyin. Ba’zi bepul elektron kitoblarning esa, sifati yuqori darajada emas. Siz ushbu maqolani o’qiganingizdan so’ng sifati a’lo darajadagi adabiyotlardan bepul foydalanish imkoniyati mavjud. Prep.uz ana shunday yettita manbani yig'di va sizlarga taqdim etadi.
Bolalarni kitob o'qishga majburlab bo’lmaydi. Ularni undashi mumkin bo'lgan yagona narsa yoshi kattalarga taqliddir. Bir yilda 100 ta kitob o'qish va uni tugatishni maqsad qilib qo'ying. Qanday qilib?
Bugungi kunda dunyoda taxminan 1,5 milliard kishi ingliz tilida gaplashadi.
IELTS yoki Xalqaro Ingliz Tili Tizimi imtihoni nima va nega uni topshiradi?
«Инсон миясини фақат 10 фоизини ишлата олади», – деган афсона хатолиги аллақачон айтилган бўлсада, омма орасида ҳалигача машҳур. Нима эмиш одам миясини 100 ишлатса, ғайриоддий ишларни, масалан, уча олишни эплармиш.
🏢 Статистика агентлиги маълумотларига кўра, 2023-йилнинг 1-январ ҳолатига Тошкент шаҳридаги мактабларда 499 417 нафар ўқувчи таҳсил олмоқда.
Мотивация уйғотиш йўлида бериладиган мукофотлар қалбаки ва ёлғон, хамда нимадур қилишда ягона йўл бу ташқи мотивацияларни кутмасдан харакатни бошлаш эканлигини энди билганизда, сизларга ўзингизда мотивация уйғотиш ва кучли иродани шакллантириш учун илмий услублар хақида сирлари билан бўлишамиз.
#Marketolog – bu bozor bo‘yicha mutaxassis. Lekin savdogarlar turli buyumlar bilan savdo qiladigan yirik maydon bo‘yicha emas. Marketolog – mohiyatga ko‘ra – bozor makonida kechadigan jarayonlarni kuzatuvchi.
BMT prognozlariga ko‘ra 2050 yilga borib kasblarining 75 foizi STEM fanlariga aloqador bo‘lishi kutilmoqda. Aynan mana shu tizim asosida ta’lim olish orqali o‘quvchilar kelajak muammolariga yechim topa oladigan, yangi kashfiyotlar qila oladigan kadrlarga aylanishiga ishonilmoqda.
Mehnat bozori doimo o'zgarib turadi va 5 yil oldin talab qilinadigan kasblar bugungi kunda keraksiz va kam maoshli bo'lib chiqishi mumkin. Kelajakda turli yo'nalishlarda qanday tendentsiyalar kutayotgani va qanday oliy ta'lim sizga raqobatdosh ustunlik berishini aytib beramiz. Maqola nafaqat o'rta maktab o'quvchilari va kelajakdagi talabalar uchun, balki o'z vakolatlarini yangilashni xohlaydigan mutaxassislar uchun ham foydali bo'ladi.
https://prep.uz/lending?utm_source=target&utm_medium=cpc&utm_campaign=chek_list#students