Online video darslar, kurslar va testlar - PREP.UZ

Oliy taʼlim muassasalarida yangi o‘quv yili qanday boshlanadi?

Omina Sharipova 25-07-2020

  • 733
  • 0

Bugun, 25 iyul kuni AOKA tashkil etilgan shtabda Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati rahbari Farxad Babashev ishtirokida brifing o‘tkazilib, hamyurtlarmiz savollariga javob berildi.

Oliy taʼlim muassasalarida 2020/2021 o‘quv yili qanday boshlanadi? Masofaviy taʼlim davom etaveradimi?

Farxad Babashev, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati rahbari:

- Avval ham brifinglarda shunga o‘xshash savollarga javob berilgan edi. Umuman, anʼanaviy taʼlim shaklida o‘quv yilini boshlash rejalashtirilgan edi.

Respublikada epidemiologik vaziyatning barqarorlashish sharoitidan kelib chiqib, oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat va magistraturasining yuqori kurs talabalari hamda akademik litseylarning 2-kurs o‘quvchilariga yangi o‘quv yilini joriy yilning sentyabr oyidan masofaviy shaklda boshlashga ham tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Fikrlar