Online video darslar, kurslar va testlar - PREP.UZ

Toshkentdagi Amiti Universitetida o‘qishga hujjatlarni qabul qilish davom etmoqda!

Omina Sharipova 30-05-2020

  • 608
  • 0

Hindiston dunyoning rivojlanayotgan davlatlari orasida, iqtisodiyot jihatdan o‘z kuchini tabiiy qazilma boyliklariga emas, balki axborot texnologiyalariga qaratgan eng ilg‘or mamlakatdir.

Ishonish qiyin, ammo aynan Hindistonda 1998-yildan toki 2004-yilgacha IT-yo‘nalishidagi daromad 6,5 mlrd dollardan 22,1 mlrd dollargacha o‘sdi.

Ayni shu sababli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan 2019 yili mamlakatimizda axborot texnologiyalarini rivojlantirish maqsadida Hindistonning dunyoga mashhur Amiti Universiteti ochildi.

Universitetda Hindistonning oliy toifali o‘qituvchilari o‘z faoliyatlarini yuritib kelishmoqda. Birinchi yilning o‘zidayoq Universitetga o‘qishga kirish uchun topshirilgan hujjatlar soni 5 mingtaga yetdi. Bu o‘z navbatida yangi ochilgan universitet uchun katta yutuq bo‘ldi!

Universitetda nafaqat bakalavr, balki magistratura yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, hozirda 2020/2021 yil o‘quv yillariga hujjatlarni qabul qilish davom etmoqda.

Xalqaro boshlang‘ich dastur

(International Foundation Programme)

Bakalavr:

- Axborot texnologiyalari;

- Kompyuter injeneringi;

- Iqtisodiyot;

- Turizm-menejment;

- Biznes-menejment.

Magistratura:

- Axborot texnologiyalari;

- Biznes-menejment.

Hujjatlarni Universitet sayti orqali onlayn topshirishingiz mumkin.

http://amity.uz/Application.aspx

Qo‘shimcha maʼlumotlar uchun:

+998712079006

+998712079007

Fikrlar