Online video darslar, kurslar va testlar - PREP.UZ

Talabalarni xalqaro matematika olimpiadalariga saralash onlayn loyihasi boshlandi

Omina Sharipova 16-05-2020

Talabalarni xalqaro matematika olimpiadalariga saralash onlayn loyihasi boshlandi

  • 583
  • 0

Talabalarning xalqaro matematika olimpiadalarida munosib ishtirok etishi va iqtidorli talabalarni saralash maqsadida O‘zbekiston Milliy universiteti va V.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti hamkorlikda “Mathematical olympiads of Uzbekistan for University Students” onlayn loyihasini amalga oshirishni boshladi.

Ushbu loyihada xalqaro matematika olimpiadalarga tayyorlash bo‘yicha topshiriqlar, ilmiy faoliyatga yo‘naltirish bo‘yicha onlayn darslar tashkil etiladi va har oyda ishtirokchilarning natijalar hamda topshiriqlarning yechimlari eʼlon qilinadi.

Loyihada ishtirok etishni hohlovchi talbalar va yosh tadqiqotchilar @analizningnostandartmasalalari telegram manzili orqali guruhga qo‘shilishlari mumkin.

Loyiha rahbari: Karim Rahimov, Italiyaning Piza unviyersiteti matematika bo‘yicha falsafa doktori (PhD, 2020).

Fikrlar