Online video darslar, kurslar va testlar - PREP.UZ

Toshkent shahridagi Yodju texnika institutida qabul jarayoni boshlandi

Omina Sharipova 18-05-2020

Toshkent shahridagi Yodju texnika institutida 2020-2021 o‘quv yili uchun qabul jarayoni boshlandi

  • 15837
  • 15

 

Abituriyentlar hujjatlarni onlayn ravishda admission.ytit.uz veb sahifasi orqali topshirishlari mumkin.

Kirish imtihonlari avgust oyida institut binosida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Taqdim etiladigan hujjatlar: 

•       Pasport nusxasi

• Maktab/litsey/kollejni tamomlaganligi haqidagi hujjat (diplom/attestat).

•      Rasm – 3.5x4.5sm (rasmga tushgan muddati 3 oydan oshmagan bo‘lishi lozim) 

•      Mavjud bo‘lsa IELTS (5.5) yoki TOPIK (3) sertifikatlar nusxasi

Imtihon qay tarzda bo‘lishi va sanalari haqida qo‘shimcha maʼlumot beriladi. Taʼlim yo‘nalishidan kelib chiqqan holda, imtihon fanlari quyidagicha:

•           Arxitektura va shaharsozlik – Matematika va ingliz tili

•           Qurilish - Matematika va ingliz tili

•           Turizm – Tarix va Ingliz tili

•           Muqobil energiya – Matematika va Ingliz tili 

•           Biznesni boshqarish - Matematika va Ingliz tili

•           Xalqaro marketing - Matematika va Ingliz tili

•           Xalqaro iqtisodiy munosabatlar - Matematika va Ingliz tili

•           Boshlang‘ich taʼlim – Ona tili (o‘zbek, rus tili) va Ingliz tili 

•           Maktabgacha taʼlim – Biologiya va Ingliz tili 

•           Koreys tili filologiyasi – Ingliz tili va ona tili (o‘zbek, rus tili) 

•           Chiroy estetikasi - Kimyo va Biologiya

•           Bank ishi - Matematika va Ingliz tili

•           Buxgalteriya - Matematika va Ingliz tili

•           Moliya - Matematika va Ingliz tili

•           English education – IELTS 5.5 sertifikati yoki suhbat

•           Liboslar dizayni – Ijodiy imtihon (Qalamtasvir va kompozitsiya libos)

•           Lift muhandisligi – Matematika va Fizika

Abituriyentlar til bilish bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan taqdirda IELTS (5.5) ingliz tili imtihonidan va TOPIK (3) koreys tili imtihonidan ozod etiladi.

Shuningdek, yangi o‘quv yilidan boshlab kechki va sirtqi taʼlim turlari bo‘yicha xujjatlar qabul qilinadi.

Institut tomonidan iqtidorli abituriyentlar uchun quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:

·       IELTS 7 yoki TOPIK 4 darajaga ega bo‘lgan abituriyentlar institutning 1-kursiga insho va suhbat orqali qabul qilinadilar;

·       So‘nggi 2 yil ichida Matematika, Ingliz tili, Ona tili va adabiyoti, Biologiya, Kimyo va Tarix fanlaridan Xalqaro va Respublika olimpiadalarda 1-2-3-o‘rinlarni egallagan abituriyentlar suhbat asosida institutning 1-kursiga qabul qilinadilar.

·       Kirish imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar o‘quv kurslari davomida Koreya Respublikasining bir qator nufuzli oliy o‘quv yurtlari bo‘lgan Hanyang University, Busan University, Chung Cheong University, Chosun University, Gachon University, Jeoju University va Yeoju Institute of Technologies taʼlim dargohlarida “2+2” dasturi bo‘yicha o‘qishni davom ettirish imkoniyatlariga ega.

Qabul jarayoni hamda boshqa savollar bo‘yicha batafsil maʼlumot olish uchun: 

Tel.: 78-129-40-40.

Veb sayt: www.ytit.uz

Telegram: @yodju, @ytit2020

Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Usmon Nosir, 156.

Mo‘ljal: Janubiy vokzal. 

Manba: @Xushnudbek

Fikrlar