Online video darslar, kurslar va testlar - PREP.UZ

O‘qishini ko‘chirish (tiklash) bo‘yicha ayrim savollarga javoblar

Omina Sharipova 07-08-2020

  • 8037
  • 41

Kecha o‘qishni ko‘chirish (tiklash) bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish jarayoni yakunlandi. Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi shu jarayonga oid ayrim savollarga javob berdi.

1.     Ariza haligacha "ko‘rib chiqilmoqda" statusida turibdi, bu nimani anglatadi? Muddat tugab qoldiku, endi muammo bo‘lmaydimi?

Javob: Yo‘q, muammo bo‘lmaydi. Hozirgi vaqtda mutaxassislar tomonidan topshirilgan hujjatlarning to‘liqligi, to‘g‘riligi va nusxa sifati ko‘rib chiqilmoqda.

Masalan:

🔺pasportning 1-sahifasi bor, biroq propiska belgilangan sahifasi yo‘q;

🔺sinov daftarchasi nusxasi, akademik maʼlumotnoma yoki transkript o‘rniga boshqa hujjat yuklangan;

🔺hujjatlar sifatsiz nusxalangan, ulardagi maʼlumotlarni o‘qish qiyin va h.k.

Kamchiliklari mavjud bo‘lmagan ariza “qabul qilinadi”, kamchiligi bo‘lsa, sababi ko‘rsatilgan holda “rad etiladi".

2.     Agar arizamda xatolik bo‘lsayu, u 5 avgustdan keyin rad etilsa, unda men qayta ariza yubora olmaymanmi? Axir ariza topshirish muddati tugab bo‘ldiku.

Javob: Xavotir olmang, arizalari 5 avgustdan keyin rad etilgan talabalarga o‘z arizasini tahrirlash, yaʼni ko‘rsatilgan xatoni tuzatib, qayta ariza yuborish imkoniyati beriladi.

3.     Arizam holati "qabul qilindi" degan statusda turibdi. Bu degani meni o‘qishni ko‘chirishimga ruxsat berildi deganimi?

Javob: Yo‘q, dastlabki ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra ariza qabul qilinganligi o‘qishni ko‘chirishga (tiklashga) ruxsat etilganligini bildirmaydi. Bu shunchaki onlayn ariza to‘g‘ri yuborilganini anglatadi. Yakuniy qarorni vakolatli komissiyalar qabul qiladi.

4.     Men ariza yuborishga ulgurmadim. Arizalari rad qilinganlarga tahrirlashga ruxsat berilgan paytda men yangidan ariza yubora olamanmi?

Javob: Yo‘q, yubora olmaysiz. Tahrirlash imkoniyati faqat 5 avgustgacha ariza yuborganlarga beriladi. Agar kimdir 5 avgustgacha onlayn ariza yuborishga ulgurmagan bo‘lsa, unda keyingi yilda qayta urinib ko‘rishi mumkin.

‼!Ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolardan arizalari holatini transfer.edu.uz tizimidagi shaxsiy kabinetlari orqali muntazam kuzatib borishlari so‘raladi.

 

Fikrlar